
Bugungi kunda domen nomi shunchaki veb-sayt manzili bo'lib qolmay, kompaniya yoki shaxsiy brendning muhim qismiga aylanmoqda. To'g'ri tanlangan domen foydalanuvchilar e'tiborini jalb qiladi, loyihani esda qolarli qiladi va internetdagi imidjni mustahkamlaydi. Shu sababli zamonaviy domen zonalariga qiziqish ortib bormoqda. Ulardan biri - .ICU.
.ICU domeni nimasi bilan ajralib turadi?
.ICU nomi ingliz tilidagi "I See You" iborasidan olingan bo'lib, u "Men seni ko'ryapman" degan ma'noni anglatadi. Shu tufayli domen nomi oddiy internet manzilidan ko'ra ko'proq ma'noga ega bo'lib, loyiha ko'zga tashlanishini va auditoriya e'tiborini tortishini ifodalaydi.
Mazkur domen zonasi xalqaro ShortDot reyestri tomonidan boshqariladi. Reyestrning asosiy shiori - "Be Seen, Be Remembered", ya'ni "Ko'rining va yodda qoling". Internetda har kuni minglab yangi saytlar paydo bo'layotgan bir paytda aynan e'tiborni jalb qila olish muvaffaqiyatning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Masalan, travel.icu, shop.icu yoki design.icu kabi qisqa domenlar zamonaviy ko'rinishga ega, oson talaffuz qilinadi va tez esda qoladi. Bundan tashqari, .ICU zonasida hali ham ko'plab chiroyli va qisqa domen nomlari bo'sh bo'lib, foydalanuvchilarga keng tanlov imkoniyatini beradi.
.ICU domeni IT-kompaniyalar, startaplar, internet-do'konlar, dizayn studiyalari, bloglar, portfoliolar, ijodiy loyihalar, ta'lim platformalari va boshqa ko'plab yo'nalishlar uchun mos keladi. Domenni jismoniy shaxslar ham, tashkilotlar ham hech qanday mavzu yoki geografik cheklovlarsiz ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin.
aHOST'da .ICU domenlari uchun maxsus aksiya
aHOST kompaniyasi .ICU domenlarini ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha maxsus aksiyani davom ettirmoqda. 2026-yil 31-dekabrgacha bir yil muddatga domenni ro'yxatdan o'tkazish narxi 285 000 so'm o'rniga atigi 55 000 so'mni tashkil etadi. Bu odatiy narxga nisbatan besh martadan ham arzonroq taklifdir.
aHOST (MChJ «SUVAN NET») O'zbekistondagi birinchi va yagona ICANN akkreditatsiyasiga ega registrator hisoblanadi. Shuningdek, kompaniya .ICU domen zonasi bo'yicha ham rasmiy akkreditatsiyadan o'tgan registrator bo'lib, xalqaro reyestr bilan bevosita hamkorlik qiladi. Shu sababli mijozlarga vositachilarsiz qulay narxlar, domen ustidan to'liq boshqaruv hamda rus va o'zbek tillarida professional texnik yordam taqdim etiladi.
Agar siz biznesingiz, shaxsiy brendingiz yoki yangi loyihangiz uchun qisqa va esda qolarli domen izlayotgan bo'lsangiz, ayni paytda .ICU domenining mavjudligini tekshirib, aksiya doirasidagi qulay narxdan foydalanishingiz mumkin.
Batafsil ma'lumotni aHOST sahifasida olishingiz mumkin.
