Milliy .UZ domeni 180 ming domen nomi marrasidan oshdi

Milliy .UZ domen zonasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan domen nomlari soni 180 mingdan oshdi. Ushbu muhim natija O‘zbekiston internet makonining rivojlanib borayotgani va milliy domen zonasiga bo‘lgan qiziqish ortayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

.UZ domen zonasi biznes vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari, shuningdek, xususiy foydalanuvchilar orasida tobora ommalashib bormoqda. Ko‘plab kompaniyalar, loyihalar va tashabbuslar internetda o‘z faoliyatini namoyish etish, xizmatlarini targ‘ib qilish hamda auditoriya bilan aloqa o‘rnatish uchun milliy domenni tanlamoqda.

Domen nomlari sonining 180 mingdan oshishi milliy domen makonining izchil rivojlanayotgani va .UZ domenining mamlakat raqamli muhitidagi o‘rni mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.

.UZ domeni ma’muriyati texnik infratuzilmani takomillashtirish, raqamli xizmatlarni rivojlantirish hamda domen egalari, registratorlar va domen bozori ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Manba: cctld.uz/news/