
O‘z ismingiz va familiyangiz bilan .uz zonasida domen egasi bo‘lish - bu o‘ziga xos maqom va puxta o‘ylangan shaxsiy brending belgisi.
Bunday domen insonlarga sizni internetda oson topish imkonini beradi va o‘zingizga tegishli raqamli shaxsni mustahkamlashga yordam beradi.
O‘z xizmatlarini va tajribasini targ‘ib qiladigan mutaxassislar - masalan, maslahatchilar, yuristlar, IT-mutaxassislar, frilanserlar yoki domen brokerlari uchun firstname lastname .uz domeniga egalik qilish shaxsiy brendning bir ko‘rinishiga aylanadi.
Shaxsan men ham o‘z ismim bilan domen sotib olganman, lekin hozircha undan foydalanmayapman. Chunki .uz zonasi domenlari arzon va ularni uzaytirish ham qiyin emas. Ishonchim komil, siz tushlikka bundan ko‘proq sarflaysiz.
Ba’zilar bunday domenlarni o‘zining LinkedIn sahifasiga yoki shaxsiy veb-saytiga yo‘naltiradi.
Agar imkoningiz bo‘lsa, .uz zonasida o‘z ismingiz va familiyangiz bilan domenni ro‘yxatdan o‘tkazing.
Bu nafaqat marketing nuqtayi nazaridan foydali, balki sizning ismingizni boshqalar ishlatishining oldini oladi va tarmoqda chalkashliklarni bartaraf etadi.
Bunday domen sizning onlayn vakilligingiz, shaxsiy vizitkangiz yoki brendingiz uchun platformaga aylanishi mumkin.
Sizda ismingiz bilan domen bormi .uz zonasida?