aHOST .CN domen zonasi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkreditatsiya oldi va narxlarni pasaytirdi

aHOST xalqaro domen nomlari bozorida o‘z ishtirokini kengaytirishda davom etmoqda va Xitoyning milliy .CN domen zonasi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkreditatsiya olganini e’lon qildi. Bu kompaniyaga abonentlar uchun yanada qulay shartlarda va vositachilarsiz domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini berdi.

Shu bilan birga, ro‘yxatdan o‘tkazish narxi sezilarli darajada pasaytirildi. Endilikda .CN domeni narxi 382 000 so‘m o‘rniga 201 000 so‘mni tashkil etadi, ya’ni 47% dan ortiq arzonlashdi. Reestr bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash tufayli foydalanuvchilar nafaqat qulay narxlar, balki tezkor ro‘yxatdan o‘tkazish va barqaror xizmatlardan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Xitoy internet bozori dunyodagi eng yirik va tez rivojlanayotgan bozorlardan biri hisoblanadi. .CN domen zonasi Osiyo mintaqasiga yo‘naltirilgan bizneslar, xalqaro savdo va Xitoy auditoriyasiga mo‘ljallangan loyihalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Yangi akkreditatsiya doirasida foydalanuvchilarga .cn, .com.cn, .net.cn, .org.cn va .中国 kabi ikkinchi darajali domen zonalari taqdim etiladi. Bundan tashqari, loyihani aniq bir viloyat yoki shaharga bog‘lash imkonini beruvchi mintaqaviy domenlar ham mavjud bo‘lib, bu mahalliy foydalanuvchilar ishonchini oshiradi.

Mintaqaviy domenlar qatoriga, masalan: .bj.cn (Pekin), .sh.cn (Shanxay), .gd.cn (Guandun), .zj.cn (Chjetszyan), .sc.cn (Sichuan), .hn.cn (Hunan), .hb.cn (Xubey), .js.cn (Szyansu), .fj.cn (Futszyan), .sx.cn (Shansi), .sn.cn (Shensi), .xj.cn (Sinszyan), .yn.cn (Yunnan), .gx.cn (Guansi), .gz.cn (Guychjou), .ln.cn (Lyaonin), .jl.cn (Szilin), .hl.cn (Xeylunszyan), .hi.cn (Xaynan), .ah.cn (Anxoy), .he.cn (Xebey), .nm.cn (Ichki Mo‘g‘uliston), .tj.cn (Tyantszin), .cq.cn (Chunsin), .hk.cn (Gonkong), .mo.cn (Makao), .tw.cn (Tayvan) va boshqalar kiradi.

Ushbu domenlar loyihaning hududiy mansubligini ko‘rsatish, brendni yanada tanitish va Xitoy bozorida mahalliy auditoriya ishonchini oshirishga yordam beradi.

.CN domen zonasi bo‘yicha akkreditatsiya olish kompaniya rivojidagi muhim bosqich bo‘ldi. aHOST to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan domen zonalari ro‘yxatini kengaytirishda davom etmoqda va xalqaro registrar sifatidagi o‘rnini mustahkamlamoqda.

.CN domenlari allaqachon foydalanuvchilarning shaxsiy kabinetida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mavjud. Kompaniya hamkorlariga ko‘rsatilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi va xizmatlar sifatini yanada oshirish ustida ishlashda davom etadi.

Bu aHOST rivojidagi yana bir muhim qadam bo‘lib, oldinda yanada ko‘proq imkoniyatlar mavjud.