
aHOST O‘zbekistonda domen ro‘yxatga olish sohasida yetakchi sifatidagi mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.
Kompaniya mamlakatda birinchi bo‘lib birdaniga beshta xalqaro domen zonasida - .KZ, .ҚАЗ, .KIDS, .ASIA va .TM - rasmiy akkreditatsiyani qo‘lga kiritdi. Bu esa mijozlarga vositachilarsiz, bevosita va yanada arzon narxlarda domenlar ro‘yxatidan o‘tish imkonini yaratdi.
Qozog‘iston domenlari: .KZ va .ҚАЗ endi yanada arzonroq
Endilikda .KZ va .ҚАЗ domenlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va yangilash atigi 180.000 so‘m (ilgari 312 800 so‘m edi).
Bu imkoniyat aHOST kompaniyasining Qozog‘istonning milliy registratori KAZNIC bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolagani tufayli yuzaga keldi.
Bugungi kunda aHOST - O‘zbekistonda KAZNIC tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan yagona rasmiy regisrator bo‘lib, mijozlarga eng yaxshi narxlar va xalqaro darajadagi xizmatni taklif etmoqda.
.KIDS - bolalar va oilalar uchun xavfsiz internet
.KIDS domen zonasi ijobiy, ta’limiy va oilaviy loyihalar uchun yaratilgan.
Endilikda birinchi yil uchun ro‘yxatdan o‘tish atigi 190.000 so‘m, yangilash esa 320.000 so‘m (avval 390.000 so‘m edi).
aHOST akkreditatsiyasi tufayli domenlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri, vositachilarsiz va eng qulay narxlarda taqdim etilmoqda.
.ASIA - xalqaro bozorlarga chiqmoqchi bo‘lgan biznes uchun
aHOST O‘zbekistonda .ASIA domen zonasida birinchi akkreditatsiyadan o‘tgan rasmiy regisrator bo‘ldi.
Endi ro‘yxatdan o‘tish atigi 100.000 so‘m (aksiyaviy narx yil oxirigacha amal qiladi), yangilash - 220.000 so‘m.
.ASIA domeni Osiyo-Tinch okeani mintaqasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar va tadbirkorlar uchun eng maqbul tanlovdir.
.TM - brend uchun obro‘ va nufuz
aHOST shuningdek .TM domen zonasida ham rasmiy akkreditatsiyani qo‘lga kiritdi.
Bu domen - Turkmanistonning milliy domeni bo‘lib, dunyo miqyosida TradeMark (savdo belgisi) ma’nosi bilan mashhur.
Endilikda ro‘yxatdan o‘tish narxi atigi 5.900.000 so‘m (ilgari 17.835.800 so‘m edi) - ya’ni deyarli 66% arzonroq!
.TM domeni o‘z brendining nufuzini, eksklyuzivligini va xalqaro darajadagi ishonchliligini ta’kidlashni istagan kompaniyalar uchun ideal tanlovdir.