GoDaddy 2026-yil birinchi chorak moliyaviy natijalarini e’lon qildi

GoDaddy kompaniyasi 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha moliyaviy hisobotini taqdim etdi. Kompaniya dunyodagi eng yirik domen registratorlari va hosting provayderlaridan biri hisoblanadi.

Hisobotga ko‘ra, GoDaddy daromadi 2026-yilning dastlabki uch oyida 1.3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6% o‘sishni anglatadi.

GoDaddy bosh direktori Aman Bhutani kompaniya sun’iy intellekt asosidagi yangi xizmatlarni faol rivojlantirayotganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya AI texnologiyalari yordamida tadbirkorlar va kichik biznes uchun internet loyihalarini yaratishni yanada tez va oson qilishni maqsad qilgan.

AI platformalar rivojlanmoqda

Kompaniyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri Airo AI Builder platformasi bo‘ldi. Ushbu servis beta-versiya ishga tushirilganidan keyin qisqa vaqt ichida yuqori foydalanuvchi qiziqishini ko‘rsatdi.

GoDaddy ma’lumotlariga ko‘ra, AI-platforma bir necha hafta ichida ko‘p million dollarlik annualized bookings run rate ko‘rsatkichiga erishgan.

Kompaniya AI yordamida sayt yaratish, biznes avtomatlashtirish va internetdagi raqamli identifikatsiya texnologiyalariga katta e’tibor qaratmoqda.

GoDaddy asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari

2026-yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra kompaniya quyidagi natijalarni qayd etdi:

  • umumiy daromad - 1.3 milliard dollar (+6%)
  • bookings hajmi - 1.5 milliard dollar
  • Applications & Commerce daromadi - 498.2 million dollar (+12%)
  • Core Platform daromadi - 768.7 million dollar (+3%)
  • operatsion foyda - 310.5 million dollar (+26%)
  • free cash flow - 473.6 million dollar (+15%)

Kompaniyaning sof foydasi 214.6 million dollarni tashkil etdi.

Mijozlar soni oshmoqda

GoDaddy foydalanuvchilari soni 20.4 millionga yetdi. Kompaniya domenlar, hosting va kichik biznes uchun onlayn servislar bozoridagi pozitsiyalarini mustahkamlashda davom etmoqda.

GoDaddy moliyaviy direktori Mark McCaffrey kompaniya biznes modeli yuqori raqobat sharoitida ham barqarorligini saqlab qolayotganini ta’kidladi.

Uning aytishicha, GoDaddy mijozlarga domen, hosting, elektron tijorat vositalari, AI-servislar va marketing xizmatlarini yagona platforma orqali taqdim etishda davom etadi.

LegalZoom va Cloudflare bilan hamkorlik

2026-yil aprel oyida GoDaddy LegalZoom va Cloudflare kompaniyalari bilan yangi hamkorliklarni e’lon qildi.

Hamkorlik doirasida kompaniyalar Agent Name Service (ANS) texnologiyasini rivojlantirmoqda.

GoDaddy ma’lumotlariga ko‘ra, ANS tizimiga ulangan tashqi AI-agentlar soni allaqachon minglabni tashkil qilmoqda.

GoDaddy AI va raqamli servislar ekotizimiga e’tibor qaratmoqda

GoDaddy hosting va domen bozori yetakchilaridan biri bo‘lib qolmoqda, biroq kompaniya tobora ko‘proq kompleks raqamli biznes platformasiga aylanmoqda.

Sun’iy intellekt, avtomatlashtirish va cloud texnologiyalar kompaniyaning keyingi yillardagi asosiy rivojlanish yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.