HUB.UZ domeni qariyb 18 mln so‘mga sotildi - domen auksionida yangi rekord

O‘zbekiston domen auksionida yangi narx rekordi qayd etildi - hub.uz domen nomi 17 893 500 so‘m evaziga sotib olindi. Yakuniy qiymat ochiq savdolar jarayonida shakllanib, unda narx faqat ishtirokchilarning real qiziqishi va faolligi asosida belgilandi.

Mazkur natija domen nomlari bugungi kunda bozor qonunlari asosida baholanadigan to‘laqonli raqamli aktivga aylanib borayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda. Auksion formati esa domen qiymatini aniqlashda eng shaffof va adolatli mexanizm bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, domen auksioni faqat rekordlar haqida emas. U ko‘plab ishtirokchilar uchun aniq loyiha, brend yoki biznes vazifalariga mos domen nomini amaldagi bozor sharoitlarini hisobga olgan holda tanlash imkonini beradi.

Natijada aynan auksion maydonida talab yuqori bo‘lgan domen nomlari o‘z egasini topadi, bozor esa ularning haqiqiy qiymatini belgilaydi.

Manba: cctld.uz