
ICANN xalqaro tashkiloti Malayziyaning WebNic nomli domen registratoriga rasmiy ogohlantirish yubordi. Kompaniya o‘z nazoratidagi ba'zi domenlar orqali sodir etilgan firibgarlik va fishing hujumlariga oid shikoyatlarga yetarli choralar ko‘rmaganlikda ayblanmoqda.
Kompaniya Kuala-Lumpurda joylashgan Qinetics shirkati tarkibiga kiradi. Onlayn manbalar va ma'lumotlar bazasiga ko‘ra, ushbu domenlar orqali foydalanuvchilarning kriptovalyuta hamyonlari ma’lumotlarini o‘g‘irlashga urinishlar bo‘lgan.
ICANN bildirganiga ko‘ra, WebNic muntazam ravishda DNS sohasidagi suiste'mollarga javob berishda sustkashlik qiladi va ko‘pincha faqat ICANN aralashgachgina harakat qiladi.
Ogohlantirishda aytilishicha, registrator ko‘p hollarda arizachilardan takror-takror dalillarni talab qiladi, hatto dastlabki shikoyatlar yetarlicha asosli bo‘lsa ham. Ba'zida esa, u nozarur yoki mavzuga aloqasi bo‘lmagan ma'lumotlarni so‘rab, jarayonni yanada cho‘zib yuborgan.
Shuni ta'kidlash joizki, WebNic yangi yoki tajribasiz kompaniya emas - u 25 yildan beri faoliyat yuritadi va faqatgina gTLD zonalarida 800 mingdan ortiq domenlarni boshqaradi. Uning bosh kompaniyasi shuningdek, registr reyestri xizmatlarini ham taqdim etadi.
Endilikda kompaniyada 19-avgustgacha vaqt bor. Agar shu muddat ichida ICANNning talablariga javob berilmasa, WebNic akkreditatsiyasi bekor qilinishi mumkin.