Microsoft Office 365 hisobingizdagi o‘zgarishlar

1 Iyuldan boshlab, siz Office 365 hisobingizga kirganingizda interfeys o‘zgarganini ko‘rasiz.

Yangi dizayn nima beradi?

Hisobingizga kirganingizda endi birinchi bo‘lib Apps bo‘limi ochiladi - bu yerda barcha Microsoft-ning veb-ilovalari to‘plangan:

  • Word

  • Excel

  • PowerPoint va boshqalar

Shuningdek, Copilot uchun alohida panel - Chat - endi chap menyuda joylashadi.

Garchi ko‘rinish o‘zgargan bo‘lsa-da, funksionallik deyarli o‘zgarmagan. Yangi yon navigatsiya quyidagicha ishlaydi:

  • Create tugmasi - yangi Word, Excel, PowerPoint yoki boshqa hujjatni yaratadi

  • Search - onlayn fayl va ilovalarni qidiradi; “Favorite”ga qo‘shilgan hujjatlar pastda ko‘rinadi

  • Chap pastki burchakdagi ismingiz yoki fotosurat orqali hisobdan chiqishingiz mumkin. Uch nuqta esa - sozlamalariga kirish imkonini beradi

Yangi interfeys Office 365 ni osonroq va intuitivroq qiladi, ammo siz uchun muhim bo‘lgan imkoniyatlarni saqlab qoladi.