.MOBILE va .LATINO yangi domen zonalari endi AHOST'da ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mavjud

AHOST kompaniyasi xalqaro domen zonalari ro‘yxatini kengaytirishda davom etmoqda va mijozlarga noyob domen nomini tanlash uchun yanada ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Endilikda foydalanuvchilar .MOBILE va .LATINO domen zonalarida domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. Har ikkala zona ham kompaniya tizimiga to‘liq integratsiya qilingan bo‘lib, domenlarni vositachilarsiz, professional texnik yordam va shaffof narxlar asosida bevosita rasmiylashtirish imkonini beradi.

Yangi domen zonalari turli yo‘nalishdagi biznes va internet loyihalari uchun mo‘ljallangan. .MOBILE mobil texnologiyalar bilan ishlovchi kompaniyalar uchun ajoyib tanlov bo‘lsa, .LATINO loyihaning ispan tilida so‘zlashuvchi auditoriya hamda Lotin Amerikasi madaniyati bilan bog‘liqligini ta’kidlash imkonini beradi.

Zamonaviy raqamli loyihalar uchun .MOBILE domeni

Bugungi kunda internet foydalanuvchilarining aksariyati sayt va xizmatlardan mobil qurilmalar orqali foydalanadi. Shu sababli .MOBILE domen zonasi sayt, servis yoki mobil ilova aynan smartfon va planshet foydalanuvchilari uchun yaratilganini domen manzilining o‘zidayoq ko‘rsatadi.

.MOBILE domeni kimlar uchun mos:

  • mobil ilovalar va o‘yinlar ishlab chiquvchilari;
  • mobil versiyaga ega onlayn xizmatlar;
  • mobil ilovalardan faol foydalanadigan internet-do‘konlar;
  • mobil aloqa operatorlari va mobil qurilmalar sotuvchilari;
  • mobil texnologiyalar sohasidagi startaplar.

Mazkur domen zonasi nisbatan yangi bo‘lgani sababli unda hali ham qisqa, chiroyli va esda qoladigan ko‘plab domen nomlari bo‘sh holatda mavjud.

Xalqaro auditoriyaga mo‘ljallangan loyihalar uchun .LATINO domeni

.LATINO domen zonasi Lotin Amerikasi madaniyati, ispan tili va dunyo bo‘ylab millionlab ispan tilida so‘zlashuvchi foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan loyihalar uchun yaratilgan. Bunday domen nomi sayt mavzusini manzilning o‘zidan anglash imkonini beradi.

.LATINO domen zonasi quyidagilar uchun ayni muddao:

  • Lotin Amerikasi raqslari studiyalari va raqs maktablari;
  • Lotin Amerikasi taomlarini taklif qiluvchi restoran va kafelar;
  • ispan tili o‘quv markazlari va til kurslari;
  • musiqachilar, konsert va tadbir tashkilotchilari;
  • Lotin Amerikasi bo‘ylab sayohatlarga bag‘ishlangan turizm loyihalari.

Mavzuli domen zonasidan foydalanish brendni yanada taniqli qiladi, loyiha yo‘nalishini aniq ko‘rsatadi va maqsadli auditoriya e'tiborini jalb etishga yordam beradi.

Yangi domen zonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish narxlari:

  • .MOBILE — 285 000 so‘m.
  • .LATINO — 285 000 so‘m.

.MOBILE va .LATINO domenlarini endilikda AHOST orqali ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. Yangi domen zonalari, ro‘yxatdan o‘tkazish shartlari va qo‘shimcha xizmatlar haqida batafsil ma'lumot kompaniyaning rasmiy veb-saytida mavjud.