
Associated Press xabariga ko‘ra, Milliy basketbol assotsiatsiyasi (National Basketball Association) FIBA bilan hamkorlikda Yevropada yangi basketbol ligasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Ushbu yangilik fonida NBAE.com domeni e’tiborni tortdi, u NBA Europe loyihasi uchun asosiy manzil sifatida ishlatilishi mumkin. DomainTools ma’lumotlariga ko‘ra, domen nomi NBA nomiga GoDaddy Corporate Domains orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, domen nisbatan yaqinda sotib olingan. Avvalroq NBAE.com uzoq vaqt davomida Whois maxfiyligi ostida bo‘lgan. Bundan tashqari, domen Sedo DNS serverlaridan foydalangan, bu esa uning ushbu platforma orqali sotuvga qo‘yilganini ko‘rsatadi.
NameBio ma’lumotlariga ko‘ra, NBAE.com domen nomi o‘tgan yil avgust oyida 9 500 dollar evaziga Sedo orqali sotilgan.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kompaniyalar va tashkilotlar har doim ham domen nomlari bilan bog‘liq masalalarni oldindan rejalashtirmaydi. Bu esa ularni keyinchalik sotib olish xarajatlarining oshishiga yoki domenlarning uchinchi shaxslar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi bilan bog‘liq xavflarga olib kelishi mumkin. Mazkur holatda NBA Yevropa yo‘nalishini NBA Europe brendi ostida rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan strategik domenni o‘z vaqtida qo‘lga kiritdi.