
Milliy .UZ domenlari egalari uchun yangi xizmat ishga tushirildi - Blockchain texnologiyasi asosidagi NFT-sertifikatlar.
NFT-sertifikat domen nomi egasiga huquqiy kafolat beradi va uni turli aldov yoki o‘zlashtirish holatlaridan himoya qiladi.
An’anaviy ro‘yxatdan o‘tkazishdan farqli ravishda, NFT-sertifikat quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:
domen huquqini qaytadan registratorga murojaat qilmasdan mustahkamlaydi;
domenni yangi egasiga xavfsiz va ochiq tarzda topshirish imkonini yaratadi;
Blockchain texnologiyasi tufayli shaffoflik va ishonchni ta’minlaydi.
NFT-sertifikatning asosiy ustunliklari
Egalik huquqini ishonchli tasdiqlash - ma’lumotlar decentralizatsiyalangan bazada saqlanadi va o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Shaffoflik va qalbakilashtirishdan himoya - Blockchain ma’lumotlarning haqqoniyligini kafolatlaydi.
Raqamli identifikatsiya - sertifikat domenning aniq egasiga tegishli ekanini tasdiqlaydi.
Bugungi kunga kelib, .UZ domenlar zonasida 1580 dan ziyod NFT-sertifikatlar rasmiylashtirilgan va ularning soni ortib bormoqda.
O‘z sertifikatingizni rasmiylashtirish uchun rasmiy saytga murojaat qiling: nft.cctld.uz.