PSCloud’dan 2-3 harfli domen olmoqchimisiz?

PSCloud sahifasiga kirib, ikki va uch harfli domenlarni atigi 28.500 so‘m evaziga ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati borligini ko‘rdim!

Baxtim cheksiz edi, lekin cctld.uz saytida domenni tekshirganimda, masalan eg.uz allaqachon band ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shunga qaramay, shu registratorda domen uchun to‘lovni hech qanday muammosiz amalga oshira oldim.

P.S. Aslida bu faqat ularning yangi sun’iy intellekt yordamida domen tanlash funksiyasi orqali qidiruv qilsangizgina mumkin bo‘lar ekan. Albatta, bu kompaniyaning kichik kamchiligi va ular buni keyinroq to‘g‘rilashadi. Ammo hozircha AI tavsiya qilgan domenlarni albatta bo‘sh yoki bandligini tekshirib ko‘rishni maslahat beraman!

Mening “ro‘yxatdan o‘tgan” domenimni esa, ehtimol, bekor qilishadi va pulni qaytarishadi - o‘zlariga o‘zlari muammo yaratishibdi.