TLDCON 2026 O‘zbekistonda o‘tkaziladi: qaror TLDCON 2025 anjumanida e’lon qilindi

Yaqinda TLDCON 2025 xalqaro konferensiyasi yakunlandi va uning eng muhim yangiliklaridan biri shuki, keyingi - MDH, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining milliy yuqori darajadagi domenlar administratorlari va registratorlarining 19-konferensiyasi TLDCON 2026 O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

Bu haqda anjuman ishining ikkinchi kunida milliy .UZ domeni ma’muriyati vakillari ma’lum qildilar. Tashkilotchilar jahon texnik hamjamiyatini 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan tadbirda ishtirok etishga taklif etdilar.

Kutilishicha, konferensiya xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi va mintaqada AKT sohasining rivojlanishiga, shuningdek milliy domen zonalarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga sezilarli hissa qo‘shadi.

Eslatib o‘tamiz, TLDCON har yili o‘tkaziladi va milliy domenlarning faoliyati hamda rivojlanishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qilish, tajriba almashish uchun maydon vazifasini bajaradi.

Manba: cctld.uz