UZ domen zonasi bo‘yicha domen auksionining birinchi oyi natijalari!

Domain.uzex.uz auksion xizmatining muvaffaqiyatli birinchi oyi yakunlandi!

O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi va Yagona integrator UZINFOCOM hamkorligida ishga tushirilgan domain.uzex.uz (auction.cctld.uz) platformasi birinchi oy ichida katta qiziqish va ishtirokchilarning faoliyatini qayd etdi.

Blokcheyn va sun'iy intellekt asosida qurilgan platforma ishonchliligi va samaradorligi bilan foydalanuvchilarning e’tiborini jalb qilmoqda.

Bir oy ichida erishilgan natijalar:

  • Sotilgan domenlar: 36 ta
  • Umumiy bitim summasi: 22 620 000 so‘m
  • Eng qimmat domen savdosi: zt.uz — 5 850 000 so‘m

Ushbu natijalar auksionga bo‘lgan katta talab va ishtirokchilarning yuqori faolligini tasdiqlaydi.

Nima uchun foydalanuvchilar domain.uzex.uz ni tanlashmoqda?

  1. Blokcheyn tufayli shaffoflik kafolatlanadi

  2. Raqobat muhitida adolatli savdolar o‘tkaziladi

  3. Sun’iy intellekt eng qimmatli domenlarni tanlashga yordam beradi

  4. Auksionda ishtirok etish oson va qulay

Ishonchingiz uchun rahmat!

Biz biznes egalari, investorlar va tadbirkorlar o‘z loyihalari uchun mukammal domenlarni topayotganidan mamnunmiz. Sizning faol ishtirokingiz bizni yangi xizmatlarni joriy qilish va platformani rivojlantirishga ilhomlantiradi!

Auksiondan tushgan mablag‘ning bir qismi xayriya loyihalariga yo‘naltiriladi, bu esa jamiyat rivojiga o‘z hissamizni qo‘shish imkonini beradi.

Auksionlar davom etmoqda! Balki siz izlayotgan mukammal domen allaqachon domain.uzex.uz platformasida mavjuddir!