
.UZ domeni administratsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi bilan hamkorlikda domain.uzex.uz (https://domain.uzex.uz/home) innovatsion platformasini ishga tushirdi. Ushbu platforma orqali .UZ hududida bo‘shagan domen nomlarini sotib olish mumkin.
Endi har bir foydalanuvchi adolatli va shaffof auksionlarda ishtirok etib, talab yuqori bo‘lgan domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Bu qanday ishlaydi?
Redemption period (tiklash davri) bosqichidan oʻtgan domen nomlari domain.uzex.uz platformasiga raqobat asosida sotib olish uchun joylashtiriladi.
Auksiondagi asosiy domen toifalari:
- Ikki belgili domenlar
- Uch belgili domenlar
- To‘rt belgili domenlar
- Premium domenlar (chiroyli, ohangdor va ommabop so‘zlardan iborat)
Sun'iy intellekt (AI) kalit so‘zlarni, trendlarni va domenlarning ommabopligini tahlil qilib, ishtirokchilarga eng yaxshi variantlarni topishda yordam beradi.
Platformaning afzalliklari:
- Kamyob va talab yuqori bo‘lgan domenlarni sotib olish imkoniyati
- Token.uz blokcheyn texnologiyasi orqali to‘liq shaffoflik
- Biznes, startaplar va jismoniy shaxslar uchun ochiq savdolar
- Auksiondan tushgan mablag‘ning bir qismi xayriya loyihalariga yo‘naltiriladi
Domain.uzex.uz auksion platformasining ishga tushirilishi tadbirkorlar va foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.