Yangi domen zonalari texnologik startaplar orasida .com’ni ortda qoldirmoqda

Texnologiyalar sohasida domen davrining almashishi yuz bermoqda. Y Combinator va Techstars akseleratorlarida 2020-yildan 2025-yilning birinchi yarmigacha ishtirok etgan 4.000 dan ortiq startap ma’lumotlari asosida tayyorlangan so‘nggi tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, yangi domen zonalariga (nTLD) bo‘lgan talab misli ko‘rilmagan darajada oshmoqda.

So‘nggi besh yil ichida nTLD ishlatilishi 50% ga ko‘paygan bo‘lsa, mashhur .com ham kiruvchi an’anaviy domen zonalari ulushi 28% ga kamaydi. 2025-yilning o‘rtalariga kelib, texnologik startaplarning 54% asosiy domen sifatida aynan yangi domen zonasini tanladi.

Mutaxassislarning fikricha, agar hozirgi o‘sish sur’atlari saqlansa, yil oxiriga borib nTLD texnologik kompaniyalar orasida mashhurlik bo‘yicha .com’ni butunlay ortda qoldiradi. Bu tendensiyaning asosiy sabablari orasida eski zonalarda qisqa va esda qoladigan nomlar tanqisligi hamda yangi TLD orqali brendning o‘ziga xosligini aniqroq ifodalash imkoniyati bor.