
Respublika tovar-xomashyo birjasi Yagona integrator UZINFOCOM bilan hamkorlikda .UZ domen zonasi bo‘yicha bo‘shagan domen nomlari auksion platformasiga avtomatik stavka qo‘yish funksiyasini joriy etdi.
Endi savdolarda qatnashish ancha osonlashdi. Jarayonni doimiy kuzatib borish yoki kerakli lahzani o‘tkazib yuborishdan xavotirga o‘rin yo‘q. Siz shunchaki domen uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan maksimal summani belgilang - tizim qolgan ishni o‘zi bajaradi.
Avtomatik stavka qanday ishlaydi:
Siz xarid uchun tayyor bo‘lgan maksimal limitni belgilaysiz.
Tizim boshqa ishtirokchilarning stavkalarini minimal zarur qadam bilan oshirib boradi.
Jarayon sizning limitga yetmaguncha yoki boshqa ishtirokchilar to‘xtamaguncha davom etadi.
Platformaning barcha oldingi funksiyalari saqlanib qolgan, ularga endi qulay avtomatlashtirilgan tizim qo‘shildi.
Afzalliklari:
Qo‘lda stavka qo‘yishga hojat yo‘q
Vaqt va kuchni tejash
Auksion jarayonini kuzatib borish shart emas
Stavkalar har doim o‘z vaqtida amalga oshiriladi
Mazkur funksiya barcha foydalanuvchilar uchun allaqachon mavjud - hoziroq foydalaning va domenlarni yanada samarali yutib oling!